Raqamlar
Istanbul Palace Hotelga xush kelibsiz!
Bizning shinam, yorug‘ va zamonaviy xonalarimiz sizga mukammal dam olish hamda haqiqiy sharqona mehmondo‘stlik muhitini taqdim etish uchun yaratilgan. Har bir xona nafis dizayn, yuqori darajadagi qulaylik va uydek iliq muhitning uyg‘unligidir.
Mehmonlarimizning har bir ehtiyojini inobatga olib, ortopedik matraslar, oppoq va sifatli choyshablar, zamonaviy jihozlar hamda qulay sharoitlar bilan ta’minladik. Urganchga xizmat safari yoki sayohat bilan tashrif buyurganingizda, o‘zingizni xuddi uydagidek erkin va xotirjam his qilishingiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
O‘zingizga mos xonani tanlang va Istanbul Palace Hotel’da osoyishtalik, qulaylik hamda g‘amxo‘rlik muhitidan bahramand bo‘ling!
